2020-yil sentabrida «IMKON FINANS mikrokredit tashkiloti» MChJ kengash qaroriga ko'ra aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi.
Tashkilot dastlab mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklida 2011-yil 9-sentabrda yuridik shaxs sifatida davlat ro'yxatiga olingan.
Ta'sischilar qaroriga muvofiq jamiyat aksiyadorlik jamiyati maqomiga o'tkazildi va Andijon shahar davlat xizmatlari markazi tomonidan 2020-yil 17-sentabrda 16255-son reestr raqami bilan qayta ro'yxatdan o'tkazildi.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2022-yil 1-avgustdagi 27-13/658-son ruxsatnomasi asosida jamiyat mikromoliya tashkilotlari reestriga kiritilgan.
Jamiyat mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkka va ustav fondiga ega bo'lib, o'z nomidan huquq va majburiyatlarga ega bo'ladi hamda sudda da'vogar va javobgar sifatida qatnasha oladi.
Manba: O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki
Yangilangan sana: 26.09.2026